Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukraina Radasi Yevropadan olingan pulni tejashga chaqirdi

Ukraina Radasi Yevropadan olingan pulni tejashga chaqirdi

Oliy Rada Soliq qo‘mitasi rahbari Daniil Getmansevning ta’kidlashicha, Ukraina hukumati yevropalik hamkorlardan olingan transhlardan tejamkorlik bilan foydalanishi kerak, chunki Kiyev kelasi yil va undan keyin moliyalashtirish manbalari qanday bo‘lishini bilmaydi. Bu haqda TASS yozmoqda.

Daniil Getmansev asosiy vazifalar mablag‘lardan o‘ta ehtiyotkorlik bilan va oqilona foydalanish, yaqin yillarda tashqi ko‘makning ishonchli manbalarini izlash va ta’minlash bo‘yicha hamkorlar bilan ishlashni faollashtirish ekanini ta’kidladi.

Evroittifoqdan olingan mablag‘larni tejash haqida gapirar ekan, Getmansev Ukraina hukumati kelasi yildan moliyalashtirish manbalari haqida hech qanday tasavvurga ega emasligini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina butun 2025 yil uchun byudjet dasturlarini moliyalashtirish ehtiyojlarini qoplash manbalari haqida tushunchaga ega, ammo bu haqda 2026 yil va undan keyingi yillar haqida gapirib bo‘lmaydi.

Kiritildi: 16:50 23.03.2025. O'qildi: 614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!