Ukraina qurolli kuchlari (UQK) hujumi fonida Kursk viloyatidagi vaziyat haqida asosiy ma’lumotlar.
🔸UQKning Rossiya hududiga chuqur kirib borishi to‘xtatildi, Kursk viloyatidagi operasiya dushmanning mag‘lubiyati va davlat chegarasiga chiqish bilan yakunlanadi, dedi Rossiya QK Bosh shtabi boshlig‘i Gerasimov. Putin bilan uchrashuvda;
🔸UQK tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida 31 kishi, jumladan, 6 nafar bola tan jarohati oldi, deb xabar berdi Rossiya SSV.
🔸Rossiya xalqaro hamjamiyatni Kiyev rejimining Kursk viloyatiga vahshiyona hujumini qoralashga chaqiradi, deb xabar berdi Rossiya TIV.
🔸Ukraina harbiylarining Kursk viloyatiga uyushtirgan hujumi vaziyatning keskinlashuvi xavfini oshirmoqda, dedi BMT Bosh kotibi idorasi.
🔸Kursk viloyatida favqulodda holat joriy etildi, mintaqaning chegara hududlarida qiyin operativ vaziyat saqlanib qolmoqda.