Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukraina qurolli kuchlari "Turk oqimi" gaz quvuriga hujum qildi, Rossiya Ukrainani energetik terrorizmda aybladi

Ukraina qurolli kuchlari "Turk oqimi" gaz quvuriga hujum qildi, Rossiya Ukrainani energetik terrorizmda aybladi

Rossiya Mudofaa vazirligi 11 yanvar kuni Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Krasnodar o‘lkasidagi "Turk oqimi" gaz quvuridagi kompressor stansiyasiga hujum uyushtirishga uringani haqida xabar berdi. Xabar qilinishicha, hujumda ishtirok etgan to‘qqizta dronning barchasi urib tushirilgan.

"Kompressor stansiyasining texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari orasida qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘q. Bitta dron parchalari qulashi natijasida "Russkaya" kompressor stansiyasi hududidagi gazni o‘lchash punkti binosi va jihozlariga ozgina shikast yetgan", - deyiladi xabarda. Bu haqda rossiyalik harbiylarga tayanib "Interfaks" xabar bermoqda.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov voqeani izohlar ekan, Ukraina tomonini energetik terrorizmda aybladi. "Bularning barchasidan manfaatdorlar – Yevropa bozorlariga suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmini sezilarli darajada izchil oshirayotgan Qo‘shma Shtatlardir", — dedi u.

Kiritildi: 11:45 14.01.2025. O'qildi: 736 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!