Janubiy Koreya razvedkasi Ukraina Qurolli kuchlari shimoliy koreyalik ikki askarni asirga olganini tasdiqladi
"Ukraina harbiylari 9 yanvar kuni Rossiyaning Kursk jang maydonida KXDRning ikki nafar askarini qo‘lga olganini tasdiqlaymiz", deyiladi razvedka idorasi xabarida.
Janubiy Koreya ma’lumotlariga ko‘ra, shimoliy koreyalik harbiy asirlardan biri noyabr oyida Rossiya kelgan, shundan so‘ng, ma’lum muddat harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan. Shu sababli u o‘zini Rossiyaga urushda ishtirok etish uchun emas, harbiy mashg‘ulotda qatnashish uchun yuborilgan deb hisoblagan.