Rossiya general Xalifa Xaftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasiga zamonaviy qurollar, jumladan S-300 va S-400 mudofaa tizimlarini yetkazib bermoqda. Moskva bu orqali nafaqat G‘arb ta’sirini zaiflashtirish, balki mintaqadagi Turkiya, BAA va Misr bilan kuchayib borayotgan raqobatda o‘z pozisiyasini mustahkamlashni maqsad qilgan.
Suriyada Bashar al-Assad rejimi ag‘darilgach, Rossiya Shimoliy Afrikada yangi imkoniyatlar izlamoqda. U mamlakatdagi harbiy ishtirokini ochiqroq yo‘l bilan amalga oshirmoqchi. Rossiya bu yerda yashirin operasiyalardan ko‘ra, diplomatik va harbiy aloqalarga zo‘r berishga intilyapti.
Rossiyaning strategik maqsadlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. G‘arb davlatlari ta’sirini cheklash.
2. Turkiya va arab davlatlari bilan raqobatda ustunlikka erishish.
3. Liviya neft manbalariga egalik qilish.
Liviyadagi notinch siyosiy vaziyat Rossiya rejalari amalga oshishini qiyinlashtirishi mumkin. Shu bilan birga, Xaftarga ko‘rsatilayotgan harbiy yordam Rossiyaning mintaqadagi ta’sirini yanada mustahkamlashga yordam beradi.