Rossiya qo‘shinlari qishgacha Donetsk viloyatini egallab oladi, shundan so‘ng muzokaralar boshlanadi, deb hisoblaydi Ukrainaning «Volki Da Vinchi» bataloni vzvod komandirlaridan biri Dmitriy Derkach.
«Shaxsiy fikrimcha, ular qishgacha Donetsk viloyatini to‘liq egallab, o‘z nazoratiga oladi va keyinchalik, ehtimol, qandaydir muzokaralar o‘tkaziladi,» - dedi Derkach.
Uning aytishicha, hozirda Ukraina armiyasining ko‘plab a’zolari muzokaralar haqida so‘z yuritmoqda.