Bir kun avval Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy Ukraina Kursk viloyatidagi 1000 kvadrat kilometr hududni nazorat qilayotganini ma’lum qilgan edi. Bu Rossiya Federasiyasi Ukrainada 2024 yil boshidan beri qo‘lga kiritgan hududlar maydoni bilan deyarli bir xil hisoblanadi.
DeepState ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari 2023 yilning oktyabr oyidan beri 1131 kvadrat kilometr hudud ustidan nazoratni qo‘lga kiritgan.