Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Ukraina prezidenti Rossiya bilan muzokaralarga tayyor ekanini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya bilan muzokaralarga tayyor ekanini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya bilan muzokaralarga tayyor ekanini aytdi
Ukraina Rossiya bilan muzokaralarga tayyor. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShning «PBS NewsHour» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi «Report» .

Uning aytishicha, rasmiy Kiyev haqiqatan ham tinchlikni xohlaydiganlar bilan muzokaraga tayyor.

“Ammo Rossiya tinchlikni xohlamaydi. Boshqa tomonning maqsadi bizni yo‘q qilishdir. «Moskva urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar olib borish niyatida emas».

V.Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning iyun oyi o‘rtalarida Shveytsariyada Tinchlik sammiti bo‘lib o‘tadi: «Urushni tugatish rejasi tayyorlanadi. Bu sammit Rossiya ishtirokisiz o‘tadi. Chunki Rossiya rejalarga to‘sqinlik qilishi mumkin».

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya muzokaralardan manfaatdor emas: «Shuning uchun urush adolatli tinchlik bilan yakunlanishini istagan davlat sifatida tashabbus Ukrainadan chiqishi kerak».

V. Zelenskiy shuningdek, Ukrainadagi bolalar hamma narsani tushunishini aytdi:

«Ular, jumladan, mening bolalarim ham g‘alabaga ba’zi hamkorlarimizga qaraganda ko‘proq ishonadilar. Farzandlarimiz barcha savollarga javoblarni bilishadi. Urushning tugashi ba’zi omillarga bog‘liqligini tushunishadi. Lekin ular g‘alaba qozonishimizga ishonchlari komil. Farzandlarimiz bunga shubha qilmaydi».

Mamlakat rahbari farzandlari uning taqdiridan xavotirda ekanini ta’kidladi:

«Menimcha, ular urushdan omon qolamanmi yoki yo‘qmi, qo‘rqishadi».

V. Zelenskiyning aytishicha, Ukraina AQSh ko‘magisiz g‘alaba qozona olmaydi.

«Ochig‘i, Kongress yordamisiz g‘alaba qozonish imkoniyatimiz yo‘q». Bu biz uchun juda qiyin. Chunki Rossiya kadrlar va texnika jihatidan ustundir”.

U, shuningdek, Rossiya bosib olingan Qrimdan Ukraina hududiga hujum qilayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: 15:49 16.04.2024. O'qildi: 19034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!