Rejaning to‘liq matni hozircha rasman e’lon qilinmagan.
Taxmin qilinayotgan shartlarga ko‘ra, Ukraina:
— Donbassning ma’lum qismida qo‘shinlarini olib chiqadi, Rossiya esa ushbu hududga o‘z kuchlarini kiritmaslik majburiyatini oladi;
— BMT kontingenti nazorati ostida bufer hudud tashkil etilishiga rozi bo‘ladi;
— Zaporojye viloyatining bir qismida ham shunga o‘xshash mexanizm joriy etiladi, bunda Ukraina yurisdiksiyasi saqlanib qoladi;
— referendum va saylovlar o‘tkazadi;
— Konstitusiyaga mazkur hududlarni kuch ishlatish yo‘li bilan qaytarishdan voz kechish to‘g‘risidagi qoidani kiritadi;
— blokdan tashqari maqomini mustahkamlaydi hamda NATO va boshqa harbiy ittifoqlarga qo‘shilishdan voz kechadi;
— saylovlardan so‘ng to‘liq tinchlik shartnomasini imzolaydi. Uni BMT ishtirokida maxsus tartibda ratifikasiya qilish taklif etilmoqda.
Hozircha mazkur shartlar rasman tasdiqlanmagan. Moskva va Kiyev bunday reja bo‘yicha kelishuvga erishilganini ochiqcha ma’lum qilmagan.