Ukraina Yevropa Ittifoqi oldida Belgiyada muzlatib qo‘yilgan Rossiya aktivlarini boshqa yurisdiksiyaga o‘tkazish masalasini yana bir bor ko‘tardi. Bu haqda Yevropa Komissiyasi vakili Balaj Ujvari ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni mazkur masalani yana kun tartibiga olib chiqqan. Yevropa komissiyasari Valdis Dombrovskis esa bu masala so‘nggi ikki hafta davomida bir necha bor muhokama qilinganini va u Yevropa Ittifoqi kun tartibidan hech qachon chiqarilmaganini tasdiqlagan.
«Bu masala Ukraina tomonidan ko‘tarildi. Komissiya a’zosi Valdis Dombrovskis tasdiqlaganidek, u hech qachon kun tartibidan olib tashlanmagan», — dedi Ujvari brifingda.
Evropa Ittifoqi vakili, shuningdek, muzlatilgan Rossiya aktivlarini Belgiya yurisdiksiyasidan Yevropa Ittifoqi boshqaruviga o‘tkazish imkoniyati muhokama qilinayotganini bildirdi.
Ushbu masala Rossiya aktivlaridan Ukraina uchun «reparasiya krediti» sifatida foydalanish takliflari fonida yana dolzarblashgan. Belgiya rasmiylari esa mamlakat yurisdiksiyasida saqlanayotgan Rossiya aktivlaridan bunday maqsadda foydalanishga nisbatan xavotirlarini bildirib kelmoqda.