Ukraina Moliya vazirligi mamlakatning davlat qarzi miqdorini e’lon qildi.
“RIA Novosti”ning xabar berishicha, departament Ukrainaning davlat qarzi avgust oyida 1 milliard dollarga ko‘paygan holda qariyb 134 milliard dollarga yetganini ma’lum qilgan.
"Avgust oyi davomida Ukraina hukumati va hukumati kafolatlangan qarzlari miqdori dollar ekvivalentida 1,01 milliard dollarga oshdi. 2023 yil 31 avgust holatiga ko‘ra, Ukraina hukumati va hukumati kafolatlangan qarzi 133,93 milliard dollarni tashkil etdi", — deyiladi bayonotda.