Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Ukraina Maxsus xizmati rahbari etib Yevgeniy Xmara tayinlandi

Ukraina Maxsus xizmati rahbari etib Yevgeniy Xmara tayinlandi

Ukraina Maxsus xizmati rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib xizmatning “A” maxsus operasiyalar markazi boshlig‘i Yevgeniy Xmara tayinlandi.

Ommaviy axborot vositalariga bu haqda Ukraina prezidentining kommunikasiyalar bo‘yicha maslahatchisi Dmitriy Litvin ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida Dmitriy Xmara bilan uchrashgani va u bilan Ukraina Xavfsizlik xizmatining (SBU) tizimli rivojlanish imkoniyatlarini muhokama qilganini yozdi. Biroq Zelenskiyning postida Xmara SBU rahbari lavozimiga tayinlangani haqida hech narsa aytilmagan.

Avvalroq, Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk iste’foga chiqqqani, bu haqda Malyuk o‘zining Telegram-kanalida e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.

Kiritildi: 21:27 05.01.2026. O'qildi: 928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!