Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukraina London muzokaralarida ishtirok etishini tasdiqladi

Ukraina London muzokaralarida ishtirok etishini tasdiqladi

Kelasi hafta Londondagi muzokaralarda Ukraina delegasiyasi ishtirok etadi.

Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Sergey Leshchenko ma’lum qilgan.

Yig‘ilishda AQSh va Yevropa davlatlaridan vakillar Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishi kutilmoqda.

"Bizning guruhimiz hozir bo‘ladi. Men tarkibni e’lon qilmayman", - dedi Leshchenko.

Uning eslatishicha, 17 aprel kuni Parijda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Ukraina tomonidan Prezident devonining rahbari Andrey Yermak, Tashqi ishlar vazirligi rahbari Andrey Sibixa va mudofaa vaziri Rustem Umerov ishtirok etgan.

"Agar kerak bo‘lsa, tarkib tuzatiladi, ammo Ukraina bu muzokaralarda albatta ishtirok etadi", - deya qo‘shimcha qildi maslahatchi.

Kiritildi: 00:03 21.04.2025. O'qildi: 656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!