14 avgust kechasi Ukraina Mudofaa Kuchlari Rossiyaning Leningrad viloyatidagi NOVATEK-Ust-Luga ishlab chiqarish va qayta yuklash majmuasiga zarba berdi.
Bu haqda Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi e’lon qildi.
"Yong‘in aniqlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikkita qayta ishlash bloki shikastlangan", deyiladi bayonotda.
Zarar miqdori va hujum oqibatlari aniqlanmoqda.
NOVATEK-Ust-Luga - barqaror gaz kondensatini fraksiyalash va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish va qayta yuklash majmuasi. Uning quvvati yiliga taxminan 8 million tonna xomashyoni tashkil etadi.