Ukraina Xavfsizlik xizmati va Ukraina Harbiy-dengiz kuchlari Rossiyaning Qora dengizdagi "soya floti"ga tegishli yana bir tankerga Sea Baby dengiz kuchlarining dronlari yordamida hujum qildi.
Bu haqda Ukraina razvedkasi xabar berdi.
OAV xabariga ko‘ra, Komor orollari bayrog‘i ko‘tarilgan Dashan nomli kema transponder o‘chirilgan holda Novorossiysk tomon yo‘l olgan.
"Ushbu zarba natijasida tanker jiddiy zarar ko‘rdi va yaroqsiz bo‘lib qoldi. Manbalarga ko‘ra, bu oxirgi ikki hafta ichida hujumga uchragan uchinchi rus tankeridir", deyiladi xabarda.
Gazetaning ta’kidlashicha, u bir safar davomida taxminan 60 million dollarlik neft mahsulotlarini olib o‘tgan. Dashan Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Shveysariya tomonidan sanksiyalarga duchor bo‘lgan.