Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytishicha, Rossiya bilan urush boshlanganidan buyon Ukraina jang maydonida taxminan 50 ming nafar harbiysini yo‘qotgan.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, yana 400 mingga yaqin ukrainalik harbiy yaralangan. Shuningdek, juda ko‘p sonli askarlar jang maydonida bedarak yo‘qolgan.
Ukraina prezidenti bu raqamlarni urushdagi mamlakat yo‘qotishlari haqida gapirar ekan, keltirgan.