Ukraina G‘arbni Rossiya hududiga uzoq masofali zarbalar berishni ma’qullashga chaqirdi.
Ukraina G‘arbni Rossiyaga chuqurroq zarba berish uchun yangi chaqiriq bilan chiqdi.
«Rossiya terrori Rossiya Federasiyasi ichidagi qurol-yarog‘ omborlari, aerodromlar va harbiy bazalarda boshlanadi», dedi shanba kuni Ukraina prezidenti maslahatchisi Andrey Yermak.
«Rossiyaga chuqur zarba berishga ruxsat berish yechimni tezlashtiradi», deya qo‘shimcha qildi u.
Yangilangan chaqiriq AQSh va Britaniya rahbarlari Vashingtonda uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollardan foydalanish siyosatini muhokama qilish uchun uchrashganidan bir kun o‘tib yangradi. Biroq, uchrashuv siyosatda zudlik bilan o‘zgarishlarga olib kelmadi.
Hozircha AQSh Kiyevga Amerika tomonidan taqdim etilgan qurollardan faqat Rossiyaning Ukraina bilan chegarasidagi cheklangan hududda foydalanishga ruxsat bergan.