Evropa Ittifoqi (EI) joriy yil davomida Ukrainaga yirik kalibrli o‘q-dorilar yetkazib berishni ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda YEI Harbiy qo‘mitasi raisi Robert Briger ma’lum qildi.
"Maqsad joriy yil davomida Ukrainaga 2 mln dona yirik kalibrli o‘q-dorilarni yetkazib berishdir. Ya’ni, gap o‘tgan yili yetkazib berilgan miqdorni ikki baravar oshirish haqida ketmoqda," - dedi u.
Brigerning bayonoti Yevropa Ittifoqi mudofaa xizmatlari rahbarlarining Bryusselda bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan keyin yangradi.
Raisning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi ushbu maqsadni amalga oshirish uchun a’zo davlatlarni ko‘proq o‘q-dorilar ishlab chiqarish va sotib olishga undaydi.
"Biz Yevropa mudofaa agentligi tomonidan tuzilgan shartnomalardan foydalangan holda a’zo mamlakatlarni ko‘proq sotib olishga, yanada ko‘proq ishlab chiqarishga undashga harakat qilmoqdamiz. Ammo biz ham moliyaviy yoki Ukraina mudofaa sanoati bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali yangi tashabbuslarni ilgari surmoqdamiz," - deya tushuntirdi Briger.