Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukraina havo mudofaasi uchun Patriot zenit-raketa tizimlarini qabul qilib oldi

Ukraina havo mudofaasi uchun Patriot zenit-raketa tizimlarini qabul qilib oldi

"Men Germaniyaga va shaxsan kansler Fridrix Mersga Patriot'larni yetkazib berishdagi harakatlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Ma’lum vaqt davomida biz Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish ustida tayyorgarlik ko‘rgan edik, endi esa erishilgan kelishuvlar amalga oshirildi", — dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat havo mudofaasini yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma harakatlarga doir muzokaralar ham hukumatlar darajasida, ham bunday tizimlarni ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri davom etmoqda.

Avvalroq, Germaniya Qurolli kuchlari (Bundesver) yaqin kunlarda Ukrainaga ikkita Patriot havo hujumidan mudofaa tizimini topshirishini aytgan edi

Kiritildi: 22:05 02.11.2025. O'qildi: 958 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!