Uning so‘zlariga ko‘ra, jahon energetika inqirozi boshlanganidan so‘ng, ba’zi hamkorlar Ukrainaga Rossiyaning neft va energetika tizimiga beriladigan javob zarbalarini kamaytirish bo‘yicha murojaat qilishgan.
"Yana bir bor ta’kidlayman: agar Rossiya Ukraina energetikasiga zarba bermaslikka tayyor bo‘lsa, biz ham ularnikiga javob qaytarmaymiz. Biz har qanday o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvlariga tayyor edik", — dedi Zelenskiy jurnalistlar bilan suhbatda.
Ukraina prezidenti gap qaysi hamkorlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi. Ma’lumot uchun, so‘nggi kunlarda Fin qo‘ltig‘idagi Ust-Luga porti Ukraina dronlari tomonidan kamida uch marta hujumga tutilgan edi.