Financial Times nashri manbalariga ko‘ra, Ukraina rasmiylari Kiyevga yordamni to‘xtatish va urushni tugatish tarafdori bo‘lgan Donald Trampni o‘z tomoniga og‘dirish maqsadida reja ishlab chiqqan. Yevropa va Qo‘shma Shtatlardagi ittifoqchilar Trampning Ukraina bilan hamkorlikni to‘xtatishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Kiyevga qanday qilib eng yaxshi takliflarni shakllantirishni maslahat berishgan.
“G‘alaba rejasi”dagi ikkita taklif Tramp uchun maxsus tayyorlangan. Birinchisi, urush tugaganidan keyin Yevropadagi AQSh qo‘shinlarining bir qismi ukrainaliklar bilan almashtirilishi. Ikkinchisi, Ukraina o‘zining tabiiy resurslarini G‘arbdagi hamkorlari bilan baham ko‘rishi.
Shuningdek, Trampga Xitoy mablag‘lari kirib kelmasligi uchun Ukraina uchun investorlarni tekshirish huquqi ham taklif qilingan. Pekinga qaram bo‘lgan sohalar AQSh kompaniyalari nazoratiga o‘tishi mumkin.
FT, shuningdek, Ukraina AQShdagi elchisi Markarovani almashtirishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Nashr manbasining ta’kidlashicha, Donald Tramp bu takliflardan manfaatdor hisoblanadi.