Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukraina Yevropaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun ajratilgan mablag‘ning bir qismini oladi

Ukraina Yevropaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun ajratilgan mablag‘ning bir qismini oladi

ReArm Europe dasturi tomonidan taqdim etilgan 800 milliard yevroning bir qismi Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlash va mamlakat mudofaa sanoatiga sarmoya kiritishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan, dedi Mudofaa bo‘yicha Yevropa komissari Andrius Kubilius.

"ReArm" tashabbusi harbiy xarajatlarni taxminan 650 milliard yevroga oshirishni, shuningdek, mudofaa investisiyalari uchun 150 milliard evro kredit berishni nazarda tutadi.

Evropa Ittifoqining mudofaa qobiliyatini mustahkamlash qarori Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi boshlangan urush va AQShning transatlantik munosabatlardagi siyosatidagi o‘zgarishlar fonida qabul qilingan. ReArm Europe yangi mudofaa strategiyasi 2025 yil mart oyida Bryusselda taqdim etilgan.

Kiritildi: Bugun 15:54. O'qildi: 204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!