Ukraina Qurolli Kuchlariga tegishli droning Aeronavigasiya Xizmati ma’muriy binosiga qulashi ortidan Rossiya janubidagi 13 ta aeroportdagi operasiyalar to‘xtatildi.
Bu haqda Rossiya OAVlari Rossiya Transport vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar berishmoqda.
"Rossiya janubidagi havo qatnovini boshqaradigan Rostov-Donda joylashgan mintaqaviy markazning faoliyati Ukraina dronining Janubiy Rossiya AYEronavigasiya Xizmati bo‘limi ma’muriy binosiga qulashi munosabati bilan vaqtinchalik tartibga keltirildi", deyiladi bayonotda.
Janubiy Rossiya Aeronavigasiya Xizmati bo‘limi xodimlari xavfsiz ekanligi aniqlandi. Hozirda uskunaning funksionalligi tahlili olib borilmoqda.