Voronej viloyatida kecha tunda dronlar ikkita korxonaga hujum qildi, ulardan birida ikki xodim jarohatlandi, deb xabar berdi viloyat gubernatori Aleksandr Gusev.
"Anninskiy tumanida korxonaning ikki xodimi jarohatlangan. Biri stasionar davolanishga, ikkinchisi ambulator davolanishga yuborildi", dedi u.
Ushbu korxonada yong‘in sodir bo‘lib, soat 2:00 atrofida o‘chirilgan. "Turli maqsadlar uchun bir nechta bino va inshootlar, shuningdek, jihozlar" shikastlangan. Zavod tashqarisida ikkita garaj, turar-joy binosi va elektr uzatish liniyasi shikastlangan.
Hujum qilingan yana bir korxona Novoxoperskiy tumanida joylashgan. Yong‘in sodir bo‘lmagan; bitta xo‘jalik binosining tomi va konteyner shikastlangan.
SHOT nashrining yozishicha, ikkita spirtli ichimliklar zavodiga hujum qilingan.