Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ukraina Dog‘istonga hujum qildi

Ukraina Dog‘istonga hujum qildi

6 noyabr kuni ertalab Rossiyaning Telegram-kanallari Dog‘istonda portlashlar va o‘q ovozlariga o‘xshash ovozlar eshitilganini ma’lum qildi. Ularga ko‘ra, Ukrainadan uchirilgani taxmin qilingan uchuvchisiz uchish uskunasi Kaspiy dengizi uzra tutib olingan.

Respublika rahbari Sergey Melikov bir necha soatdan keyin Kaspiy dengizi osmonida Ukraina uchuvchisiz uchog‘i urib tushirilganini tasdiqladi. Siyosatchi mahalliy aholini xotirjamlikka, ishonchli manbalarga tayanishga va voqea aks etgan videoni internetda tarqatmaslikka chaqirdi. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

“Hozirda hodisa holatlari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tezkor shtab bor, mas’ul idoralar bilan doimiy aloqadaman”, — deya aniqlik kiritdi Melikov.

Mahalliy aholining “Baza” Telegram kanaliga xabar berishicha, ertalab soat sakkizlarda shahar osmonida portlash ovozi eshitilgan. Keyin Kaspiyskda yangi portlashlar eshitildi, biroq ular haqida tafsilotlar ma’lum qilinmadi. Telegram kanallari urib tushirilgan ob’ekt Ukrainaning A-22 “Uchar tulki” samolyoti ekanligini aniqladi. Xabar qilinishicha, voqea Maxachqal’a aeroportida uch reysning kechiktirilishiga sabab bo‘lgan.

Shunisi e’tiborga loyiqki, Kaspiyskdan Ukrainagacha 1 ming kilometrdan ortiq masofa bor, bu dronning parvoz masofasi va uning kelib chiqishi haqida savollar tug‘diradi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, avvalroq Ukraina dronlari bundan ham uzoq masofalarni bosib o‘tib, Checheniston, Tatariston va Boshqirdistonga uchib borgandi. Jumladan, 31 oktyabr kuni dronlar Boshqirdistondagi uchta energetika ob’ektiga hujum qildi. Ushbu hujum natijasida jarohatlanganlar yoki vayronagarchiliklar borligiga aniqlik kiritmagan.

Ayni paytda, 3 noyabr kuni Rossiya Ukrainaga qarshi 100 ga yaqin dronni joylashtirgan keng ko‘lamli dron hujumini boshladi. Ukraina harbiy-havo kuchlari 3 noyabr kuni 24 soat ichida 66 ta dron va bitta raketani urib tushirganini ma’lum qildi.

Shu kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Rostov, Belgorod va Volgograd viloyatlarida Ukrainaning 19 ta uchuvchisiz samolyoti urib tushirilgani haqida xabar berdi. Bir kishi vafot etgan.

Kiritildi: 22:36 07.11.2024. O'qildi: 6868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!