Bu haqda Ukraina TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Kislisa X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Zelenskiy va Tramp uchrashuvi ikki soat oldinga ko‘chirilgan bo‘lib, Kiyev vaqti bilan 20:00 da o‘tkaziladi (Toshkent vaqti bilan 23:00). Uchrashuv boshida yoki oxirida matbuot anjumani o‘tkazilishi kutilmoqda.
Ukraina delegasiyasi tarkibiga prezident Zelenskiy, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Umerov, iqtisodiyot vaziri Sobolev, Bosh shtab boshlig‘i Gnatov, Prezident devoni maslahatchisi Bevz, TIV rahbari o‘rinbosari Kislisa va Ukrainaning AQShdagi elchisi elchi Stefaneshina kiritilgan.
AQSh tomondanidan prezident Tramp, uning kuyovi Kushner va maxsus vakil Uitkoff ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, AQSh prezidenti ma’muriyatining boshqa a’zolari ham muzokaralarga qo‘shilishi mumkin.