Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Ukraina Bosh vazir iste’foga chiqdi

Ukraina Bosh vazir iste’foga chiqdi

Ukraina Oliy Radasi Bosh vazir Yuliya Sviridenkodan iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizani qabul qildi.

Bu haqda Ukraina parlamenti raisi Ruslan Stefanchuk ma’lum qildi.

"Parlament yaqin kelajakda bu masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi", deb yozgan u ijtimoiy tarmoqlarda.

Stefanchuk Sviridenkoga mamlakat uchun o‘ta og‘ir davrda hukumat rahbari sifatidagi faoliyati, iqtisodiyotni mustahkamlash, xalqni qo‘llab-quvvatlash va Ukrainaning Yevropa integrasiyasi yo‘lini ilgari surishdagi hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, u unga kelajakdagi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Kiritildi: 08:41 14.07.2026. O'qildi: 1646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!