Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukraina Bosh prokuraturasi: Urush davomida 345 ukrainalik bola halok bo‘ldi

A A A
Ukraina Bosh prokuraturasi: Urush davomida 345 ukrainalik bola halok bo‘ldi

Ukraina Bosh prokuraturasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada jami 991 nafar bola urush qurboniga aylangan.

345 nafar bola halok bo‘ldi, 645 nafari jarohat oldi.

"Bu raqamlar yakuniy emas, faol harbiy harakatlar olib borilayotgan hududlarda, vaqtincha bosib olingan va ozod qilingan hududlarda ma’lumotlarni aniqlashtirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda", — deyiladi Ukraina Bosh prokuraturasi idorasi bayonotida.

Bugungacha hisob-kitoblarga ko‘ra, urushning so‘nggi qurboni 3 iyul kuni Baxmutning o‘qqa tutilishi natijasida olingan og‘ir jarohatlardan vafot etgan 4 yoshli qiz bo‘ldi.

Kiritildi: 19:05 06.07.2022. O'qildi: 2673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!