Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Ukraina armiyasiga pul jo‘natganlikda ayblangan AQShlik ayolga hukm o‘qildi

Ukraina armiyasiga pul jo‘natganlikda ayblangan AQShlik ayolga hukm o‘qildi

Sverdlovsk viloyat sudi Ukraina armiyasiga pul o‘tkazganlikda ayblangan AQSh va Rossiya fuqarosi Kseniya Karelinani 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar beradi RIA Novosti muxbiri sud zalidan.

«Karelina Kseniya aybdor deb topilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi, jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi», — deyiladi hukmda.

Shuningdek, u 300 ming rubl miqdorida jarimaga tortilgan.

Fevral oyida Yekaterinburgda Rossiya va AQShning ikki fuqaroligiga ega, Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullangan 32 yoshli Los-Anjeleslik fuqaroning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi. Ayol xiyonatda ayblanib, hibsga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Ukraina armiyasi uchun taktik dori-darmonlar, jihozlar, qurol va o‘q-dorilar sotib olish uchun pul yuborgan.

Kiritildi: 14:53 15.08.2024. O'qildi: 1397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!