Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ukraina armiyasi allaqachon NATO armiyasiga aylandi — Bosh vazir

Ukraina armiyasi allaqachon NATO armiyasiga aylandi — Bosh vazir

Ukraina Qurolli Kuchlari (UQK) allaqachon NATO armiyasidir, chunki mamlakat alyans standartlarini faol ravishda amalga oshirmoqda va uning harbiy texnikasidan foydalanmoqda. Bu haqda respublika bosh vaziri Denis Shmixal Ispaniyaning Confidencial gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Siyosatchiga ko‘ra, Kiyev Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish bilan bog‘liq qiyinchiliklardan xabardor. Shu bilan birga, hokimiyat armiyani modernizasiya qilish va tegishli qonun hujjatlarini moslashtirish bo‘yicha ishlarni to‘xtatmayapti.

«Bularning barchasi menga Ukraina yaqin kelajakda juda kuchli va zaruriy NATO a’zosiga aylanishiga ishonch beradi», dedi Shmixal va integrasiyaning asosiy maqsadini «mamlakat mudofaasi» deb atagan.

Shuningdek, u yana bir bor alyansdan tanklar, artilleriya va samolyotlarni topshirishni tezlashtirishni so‘radi va 1991 yilgi chegaralar doirasida ushbu texnikadan Rossiya hududiga hujum qilish uchun foydalanmaslikka va’da berdi.

«Biz hamkorlarimizdan ko‘p narsani so‘rayotganimizni tushunamiz», — deya qo‘shimcha qildi bosh vazir.

Kiritildi: 16:36 24.02.2023. O'qildi: 3586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!