Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi anneksiya qilingan Qrimda Rossiya qayig‘i yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi 9 avgustga o‘tar kechasi anneksiya qilingan Qrimda Rossiyaning «Tuna» transport-desant kateri yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Rossiya rasmiylari bu ma’lumotga hozircha izoh bermagan.
Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, operasiya natijasida yana uchta kema zarar ko‘rgan; Ta’kidlanishicha, avvalroq Rossiyaning ikkita shunday kemasi yo‘q qilingan va yana ikkitasi shikastlangan.
«Krim.Realii» nashri 9 avgustga o‘tar kechasi Chernomorskoyeda portlashlar eshitilganini yozdi. Mahalliy aholining da’vo qilishicha, hujum paytida to‘rtta kema cho‘kib ketgan.