Ukraina 2025 yil iyun oyida Gaagada bo‘lib o‘tadigan NATO'ning navbatdagi sammitida alyansga qo‘shilish taklifini olishi dargumon.
Bu haqda Polsha Mudofaa vazirligi rahbari Vladislav Kosiniyak-Kamish TVN24 telekanalida ma’lum qildi.
"Hech qanday holat bu taklif NATO'ning Gaagadagi navbatdagi sammitida bo‘lishini nazarda tutmaydi", — deya fikr bildirdi Polsha Mudofaa vazirligi rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning ayni damda NATO'ga kirishiga nafaqat AQSH, balki Polshaning ayrim qo‘shnilari ham qarshi.