Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Uki, kimgadir ortig‘i bilan berilgay

Uki, kimgadir ortig‘i bilan berilgay

Elmira Oxundova,
Ozarbayjon xalq yozuvchisi

Uki, kimgadir ortig‘i bilan berilgay

… Yillar tez o‘tib boradi, har kunimiz tezlashib boradi. Xalqning sevimlisi bo‘lgan Mehribon xonim Aliyevaning navbatdagi yubiley yoshi ham keldi. Shunga qaramasdan, garchi hayratomuz darajada bu go‘zal yosh ayolga bir boqqanda, istar-istamas mashhur rus aktrisasi Lyubov Orlovaning «Men hech qachon 35 yoshdan oshmagayman!», - deya aytgan ifodasini xotirlayman.

Shunday ekan, har yubiley, har bir muhim yil hayotdagi muayyan davrning muayyan natijalarini yakunlamoq uchun bir fursatdir. Inson toleyining keskin burilishli damlaridan, tekis-notekis yo‘llaridan ko‘p narsa ortda qolgan bo‘lsada, hali oldinda yana ko‘p narsalar bor…

Dunyoni sevgi va yaxshilik qutqaradimi?

Shu kunlarda biz Ozarbayjonning ijodkor va ilm-fan ziyolilari namoyandalari Haydar Aliyev fondi tashkil etilishining 20 yillik yubileyini nishonlash maqsadida yig‘ilgan edik. Muhtasham konsert, odatdagidek, Haydar Aliyev fondining yillar davomida san’at olamiga baxsh etgan iste’dodli, allaqachon shakllangan va xalqaro olamda tanilgan musiqachilarning ijrolari ila davom etdi (ularning ko‘pligini aytmay qo‘yaqolay). Men esa orkestrning ortidagi katta ekrandan ko‘zimni uzolmasdim. Mehribon xonim bolalar uyining tarbiyalanuvchilari bilan qanday samimiy munosabatda bo‘lishini, haqiqiy onalik mehr-muhabbatini ko‘rsatib, g‘amxo‘rlik qilishini, ular bilan birgalikda rasm albomlarini havas bilan bo‘yashini, ming afsuski, tuzalmas xastaliklarga chalingan «o‘zgacha» bolalarning ishonch, xushmuomalalik bilan uni quchoqlashlarini kuzatib o‘tirib, shuni angladimki, «etimlar» uyi, internat maktabi yoxud kasalxonaga har tashrifi uning yuragida mungli, kadarli izlar qoldiradi. Ancha payt ko‘z yoshlarimni sira to‘xtata olmadim, ko‘zlarimdan yoshlar yiqilaverdi-yiqilaverdi. Bu ayol ruhidan nelar kechirganini va kadar vodiysiga qilgan safarlari uni ruhiy tashvishlarga solib qo‘yganini tasavvur qilardim. Biroq, yana ertangi kun bo‘lgay va o‘zi prezidenti bo‘lgan Haydar Aliyev fondi tomonidan barpo qilingan bolalar bog‘chasi (mehribonlik uylari, internat maktabi, kasalxona va b.) ochilishi haqida xabar keladi. Va u, yuragi yana og‘rinishiga qaramasdan, o‘ninchi, balkim yuzinchi marotabadirki, o‘lkamizning eng kichik, eng hassos vatandoshlariga bo‘lgan sevgisi va rag‘bati uchun ham shunday joylardan qadamini uzmaydi. Balki shuning uchun hamdirki, Mehribon xonimning tashabbusi bilan Ozarbayjonda bolalar uylarining va boshpanalarining tashkil etilishi, yetimlarning to‘liq oilalarga berilishi harakati boshlangandir.

Uki, kimgadir ortig‘i bilan berilgay

Umuman olganda, Haydar Aliyev fondi tashkil qilinganidan va birinchi xonim maqomiga ega bo‘lganidan keyin Mehribon Aliyevaning dunyoqarashi va faoliyat sohalari beqiyos, tengsiz darajada kengaydi. Ha, u, Ozarbayjon xalqining boy ma’naviy-madaniy merosining targ‘iboti va taraqqiyoti masalalarini hali hozir ham e’tibordan chetda qoldirmaydi. Shu bilan birga, uning faoliyatida insonparvarlik va xayriya ham ustuvor yo‘nalish sifatida yetakchilik qiladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, u o‘z sa’y-harakatini va Fond xodimlarining faoliyatini aholining eng zaif va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan qatlamlariga, ilk navbatda, xasta bolalarga, shuningdek, ota-ona qaramog‘idan va mehr-muhabbatidan mahrum, ijtimoiy himoyadan mahrum bo‘lgan jajji vatandoshlarimiz – dunyoning eng qimmatli tuhfasi bo‘lgan bolalarga yordam berish uchun sarflashni o‘zining vatan oldidagi burchi deb biladi.

Biz allaqachon bunga o‘rganib qoldikki, Haydar Aliyev fondi xayriya tashabbuslarining aks-sadosi Ozarbayjonning hududlaridan ham uzoqlargacha yoyilgay. Lekin, fondning prezidenti, o‘lkaning birinchi xonimi Mehribon Aliyevaning bu yo‘nalishda qilgan ishlarining ahamiyatini haqiqatan ham e’tirof etmoq uchun o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rishingiz kerakdir. Masalan, men bundayin imkoniyatni ikki marotaba qo‘lga kiritishga muyassar bo‘ldim. Bir necha yil oldin Astraxanda bo‘lganman va bu yerda rasmiy delegasiya vakillarining boshqa a’zolari bilan birgalikda, kapital ta’mirdan so‘ng 11-son o‘rta maktabning ochilishida ishtirok etganman. Shu bilan birga Mojariston (yoxud Vengriya) poytaxtida imkoniyati cheklangan bolalar uchun yangidan qurilgan bolalar uyini ziyorat qilishga ham musharraf bo‘lganman. Haydar Aliyev fondi tomonidan ko‘rsatilgan yordamlardan keyin mazkur bolalar muassasalarida yangi, yanada qulay va farovon hayot boshlandi.

Bilasizmi, men Astraxandagi maktab ochilishida ishtirok etarkanman, rus bolalarining Ozarbayjon haqida aytilgan she’rlariga quloq solganimda, Budapeshtda maktab va bolalar uyining devorlarida Ozarbayjon xaritalarini, ramzlarini ko‘rgan onimda, ustozlarning, ta’lim xodimlarinig minnatdorchilik bilan so‘zlashganini ko‘rgan paytimda o‘lkamizga doir bundayin insonparvarlik tashabbuslarining chuqur ma’noga egaligini to‘liq anglab yetdim. Haydar Aliyev fondining sayyoramizning turli mamlakatlarida bu kabi fidokorona, ochiq-oydin tarzda qilingan xayrixoh ishlari ushbu davlatlar tarixiga, vatandoshlarining qalbiga manguga yozilajakdir.

Umuman olganda, Ozarbayjonda Haydar Aliyev fondining tashkil etilishi bilan yangi xayriya erasi boshlanganini aytsak, mubolag‘a bo‘lmas. Chunki uning prezidenti XX asr boshlarida taniqli neft sanoatchilari tomonidan asos solingan xayriya va homiylik an’analarini qayta tikladi. Albatta, masalaning moddiy tomoni ham nihoyatda muhimdir. Bugun fondning qayg‘urishi soyasida respublikada, aytish mumkinki, barcha mehribonlik uylari va internat maktablari kapital ta’mir etilgan, qulay va komfortli mebellar bilan ta’minlangan, zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan, shu jumladan, eng zamonaviy uskunalar va kompyuterlar bilan jihozlangandir. Haydar Aliyev fondining mamlakatning chekka-chekka hududlarida qurdirgan yuzlab maktablarichi? Bas, sobiq «bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining» to‘liq ijtimoiy reabilitasiyasi va katta hayotga integrasiyasichi? Bu maqsadla ota-onasi bo‘lmaganlar, internat maktabi bitiruvchilari uchun ko‘p qavatli binolarning qurilishi haqida aytmaslikning iloji yo‘q. Neftchilar kasalxonasida tug‘ma yurak yetishmovchiligi bilan aziyat chekkan bolalar uchun mahalliy va xorijiy mutaxassislar tomonidan bepul amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotlarichi? Bu kabi amaliyot ishlari yuzlab amalga oshirilgan, nafaqat yuzlab, balki minglabdir…

Ozarbayjon madaniyatining salohiyatli elchisi

…2015 yilda o‘tkaziladigan I Yevropa O‘yinlariga tayyyorgarlik ko‘rish ishlari uchun atigi ikki yarim yil muddat ajratilgan edi va bu muddat ichida o‘nlab sport ob’ektlari zamonaviylashtirilishi yoxud yangidan qurilishi, barcha zaruriy sport infratuzilmalari, Olimpiya shaharchasi, zamonaviy matbuot markazlari yaratilishi va boshqa ishlar amalga oshirilishi kerak edi. Mazkur olimpiadada 6000 dan ortiq sportchining ishtirok etishi, 16 ta olimpiya o‘yinlari bo‘lishi bilan birga 20 ta sport turi bo‘yicha musobaqalarning tashkil etilishi kutilayotgan edi.

Oldindagi ishning ancha mashaqqatli bo‘lishini bilgan Ozarbayjon Prezidenti janob Ilhom Aliyev juda bir oqilona qaror qabul qildi va 2013 yil 17 yanvar kunida qabul qilingan ushbu farmonga binoan, 2015 yilda Yevropa O‘yinlarining Bokuda o‘tkazilishi bo‘yicha Tashkiliy Qo‘mitaga Haydar Aliyev fondi prezidenti, Ozarbayjon Milliy Olimpiya Qo‘mitasi Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, YUNESKO tashkilotining yaxshi niyatli elchisi Mehribon Aliyeva rahbarlik qildi.

Uki, kimgadir ortig‘i bilan berilgay

Metin irodaga va katta tashkilotchilik qobiliyatiga ega bu zarif ayolning rahbarligi ostida butun Ozarbayjon jamiyatining qo‘llab-quvvatlovi, ko‘magidan ruhlangan Tashkiliy Qo‘mita mamlakatda va xorijda katta ko‘pchilikning imkonsiz deb hisoblagan ishlarini amalga oshirdi: barcha sport ob’ektlarining barposi, hattoki, o‘z muddatidan avval tugallandi va O‘yinlarning ochilishidan avval 35 ta sinov tadbirlarining barchasi amalga oshirildi.

Mehribon Aliyeva va uning kichik jamoasi muntazam ravishda Yevropaning katta poytaxtlari – Roma, London, Parij, Afina, Ankara, Berlin, Moskvada o‘yinlarning taqdimot marosimlarini o‘tkazdi. Bunday ishlarning barchasi esa yosh, mustaqil Ozarbayjon Respublikasining ham sport, ham iqtisodiy, hamda madaniy yutuqlarining yorqin namoyishi ekanligini aytsak, yanglish bo‘lmas.

2016 yil 21 yanvar kunida Lozannada Yevropa Olimpiya Qo‘mitalari Ijroiya Qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Ijroiya Qo‘mitasining qarori bilan «Boku 2015» birinchi Yevropa O‘yinlarining Tahkiliy Qo‘mitasi rahbari, Ozarbayjonning birinchi xonimi Mehribon Aliyevaga Yevropada sportning rivojlanishida ko‘rsatgan xizmatlari natijasida erishgan yuksak muvaffaqiyatlari uchun Yevropa Olimpiya Qo‘mitalarining oliy mukofoti – Oliy orden taqdim etildi. Va bu hodisadan biroz muddat avval, 2015 yilning 29 iyunida Ozarbayjon Prezidenti birinchi Yevropa O‘yinlarida g‘olib bo‘lgan sportchilar, ularning murabbiylari, shuningdek, sport jamoatchiligi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Mehribon xonim Aliyevani «Haydar Aliyev» ordeni bilan taqdirladi va bu Ozarbayjonda madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportning yuksalishidagi samarali faoliyati, Ozarbayjon xalqi madaniy merosining xalqaro saviyada keng targ‘iboti va birinchi Yevropa O‘yinlarining tashkil etilishidagi xizmatlari, musobaqalarda qo‘lga kiritilgan katta yutuqlari uchun bir mukofot edi. Ushbu mukofot esa nihoyatda adolatli bir qaror edi.

Davlatga xizmat qilish vazifasi

Mehribon Aliyeva YUNESKO tashkilotining, keyinchalik esa AYSESKO tashkilotining yaxshi niyatli elchisi qilib saylanganidan so‘ng uning faoliyati nafaqat mintaqaviy, balki global miqyosda ham keng ko‘lam kasb etdi. Uning tashabbusi bilan Ozarbayjon mug‘omi (maqomi) va dunyoning eng ko‘hna tarixiy-arxeologik qo‘riqxonasi bo‘lgan «Qobuston» qadim turar-joy maskani, oshiq (baxshichilik) san’ati va Ozarbayjon kalag‘ayi, Navro‘z bayrami va ot ustidagi milliy o‘yin bo‘lgan «Chavkan» – jahon ma’naviy merosi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ushbu sohada 10 dan ortiq yo‘nalish mavjud va bu ro‘yxat kengayishda davom etmoqda.

Muayyan muddat uchun ustuvor vazifalarning ro‘yxatini to‘g‘ri tartiblashtirishni bilgan Mehribon Aliyeva va uning jamoasi muayyan vaqtlarda Ozarbayjonning imiji bilan bog‘liq muammolarning ijobiy yechimiga ham e’tibor qaratdi. Bu esa juda mantiqiy qadam edi. Mamlakat kuchaydi, yuksaldi, boy va nufuzli davlatga aylandi, borgan sari mustaqil geosiyosiy va geoiqtisodiy jihatdan xalqaro maydonda chiqish qildi. Shunday ekan, respublikamiz, uning boy madaniyati va odat-an’analari, o‘tmishi va bugungi kuni haqida butun dunyoda to‘g‘ri tasavvurlarning shakllanishi nihoyatda muhim, dolzarb masaladir. Bu esa Haydar Aliyev fondining va uning rahbarining so‘nggi 10 yilda buyuk muvaffaqiyat bilan hal qilgan masalasi bo‘ldi. Yevropaning markazida ko‘rgazmalarning va Ozarbayjon Madaniyati kunlarining o‘tkazilishi, uzoq-yaqin davlatlarda xayriya tadbirlari (Rossiyada maktablarning barposi, Yevropada me’morchilik va muzey eksponatlarining barposi), «Boku» jurnalining xalqaro maydonda taqdimotlari va boshqa amalga oshirilgan ishlar bilan bu vazifaga to‘laligicha xizmat qildi.

Uki, kimgadir ortig‘i bilan berilgay

Ayni vaqtda, Mehribon Aliyevaning o‘zi ham ta’kidlaganidek, bu tadbirlarning har birida fondning vakillari Ozarbayjonning tarixiy haqiqatlarini dunyo hamjamiyatining e’tiboriga havola qilishga harakat qilganlar. Mehribon xonim hamisha eng nufuzli auditoriyalarda Tog‘li Qorabog‘, o‘lkamiz hududining 20 foizi ishg‘ol ostida ekani, bir million ozarbayjonlikning qochqin bo‘lgani, majburiy ko‘chib yuruvchiga aylangani haqida so‘z ochgan. U ushbu hududlarda 900 ga yaqin madaniy, diniy, tarixiy obidalarning vayron bo‘lganini katta dard, yurak og‘rig‘i bilan ta’kidlar edi. Darhaqiqat, hali oradan bir necha yillar o‘tgay va Qorabog‘ bosqindan ozod etilgach, butun dunyo hamjamiyati bularning barini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgaydir.

Katta sport – buyuk siyosat

“Mehribon xonim uchun albatta, oson bo‘lmagay, tabiiyki, uyquni, oromni unutadigan bo‘ladi, tabiiyki, ish uning oilasi – umr yo‘ldoshi, farzandlari, nabiralari uchun ajrata oladigan vaqtining katta qismini qo‘lidan olib qo‘yadi. Biroq, u o‘z tanlovini qilib bo‘ldi va ishonchim komilki, u bularning hammasini uddalay oladi, hammasi yaxshi bo‘ladi. Chunki bu tengsiz ayol o‘z hayot yo‘li davomida Yaratgan Egam tomonidan insonga taqdim etilgan eng yuksak insoniy fazilatlarga ega ayoldir. Deputatlar oldidagi chiqishida uning o‘zi ham buni alohida ta’kidlagan edi: «Vijdon, layoqat, marhamat, xushniyat, adolat va o‘zaro hurmat». Va u darhaqiqat, muvaffaqiyat qozonadi, chunki u haqiqatan ham xalq qo‘llab-quvvatlovini his qiladi. Bu qo‘llab-quvvatlov, bu mehr unga bu dunyoga kelgandagi missiyasini davom ettirishida katta kuch bergaydir”.

Ertangi kun esa urush bo‘ldi…

Qorabog‘ orzusidagi urush 44 kun davom etdi. Bu jang qisqa, qat’iyatli va g‘alabali jang bo‘ldi. Biz Ilhom Aliyev va Mehribon Aliyevani birlashtirgan qarindoshlik rishtalarining kuchini, muqaddasligini, katta ahamiyatini urushning o‘shal kunlarida, urushdan keyin ham to‘liq anglab yetdik. Faqat o‘zlari uchun emas, butun xalqimiz uchun. To‘pning, miltiqlarning o‘qi hali to‘xtamasidan turib, Aliyevlar o‘z avtomobillarida hech charchamasdan, hech tolmasdan Qorabog‘ning bosqindan ozod etilgan qishloq va shaharlarini keza boshladilar. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, qishloq va shaharlarning xarobaliklarini, vayron bo‘lganini ko‘rdilar. Chunki bir paytlari gullab-yashnagan, obod bo‘lgan o‘lkada «eng qadimiy xalq» soyasida yer yuzida nihoyatda kam narsalar qolgan edi. Suratga olish ishlarini Mehribon xonim olib borarkan, o‘sha kunlari 10 millionlik xalqimiz yana bir ishg‘oldan ozod etilgan shahardan navbatdagi reportajni sabrsizlik bilan kutardi va Prezident bu sayohatlar vaqtida ko‘rganlarini reportajlar orqali sharhlar edi. Va bu qisqa reportajlar 30 yillik g‘alabani intizorlik bilan kutib dili og‘ringan vatandoshlarimizga hayot baxsh etgan bir malham bo‘lardi.

Biz ulardan ham ortiq bezovta bo‘lardik, chunki atrofda xavf-xatarli, halokatli, hali minalardan tozalanmagan katta hududlar bor edi va shuning uchun ham ko‘pchilik xavfsizlik nuqta’i nazaridan ushbu sayohatlarga qarshi edilar. Ammo Yaratgan Egam bu juftlikni himoya qilardi, o‘z panohida asrardi. Mehribon xonim bu sinovli kunlarda ham, undan keyingi damlarda ham hamisha Prezidentning yonida uning qo‘lidan mahkam ushlagancha, dalda bo‘lardi: «Men shu yerdaman, hamisha sening yoningda bo‘laman – sevinchda ham, kadarda ham va ma’naviy yuksalishning har lahzasida…» U onlar mamlakat Prezidenti va uning xonimi ila birgalikda biz boshdan kechirgan haqiqat va eng yuksak katarsis onlari edi.

Va undan keyin birinchi vise-prezidentning mashaqqatlarga to‘la hayoti yangidan boshlandi… Shahid oilalari, yarador askarlar va zobitlar bilan muntazam uchrashuvlar, ularni ziyorat qilishlar… Mehribon xonim mahzun, sochlari g‘amdan oqargan yosh onalarni quchoqladi, bag‘riga bosdi; Mehribon xonimning ko‘zlari qayta yoshlandi, u bu ko‘z yoshlarini yana yashirishga uringani bilan buni uddalay olmadi. Va bu kadrlarni kuzatib, barimiz yig‘ladik: ayollarda, erkaklarda…

G‘alabadan biroz o‘tgach, Buyuk Qaytish va Buyuk Qurilish, bunyodkorlik ishlari boshlandi. Prezident bilan birgalikda Ozarbayjonning Birinchi vise-prezidenti Mehribon Aliyeva ham bu jarayonning boshida turdi. Qorabog‘ning barpo etilgan har bir obidasida, har bir masjidida yoxud muzey majmuasida birinchi xonimga xos nozik did va hayratomuz nazokat hissi sezilar edi. Shushada bir paytlari barbarlar tarafidan o‘qqa tutilgan Notavonning, Uzeyir Hojibekovning, Bulbulning yodgorliklari yangidan o‘z o‘rniga qaytdi, Voqifning oq maqbarasi She’riyat kunlari o‘tkazilishini istab yurgan madaniyat xodimlariga o‘z eshiklarini ochdi, yangidan jonlangan Yuqori Gavhar Og‘a (Yuxarı Gövhər Ağa) masjidi o‘z kichik omonatlarini bag‘riga oldi.

2017 yil 21 fevralda Mehribon Aliyeva mamlakatdagi ikkinchi muhim davlat vazifasiga – Ozarbayjonning birinchi vise-prezidenti lavozimiga tayinlandi. Bu tayinlov esa kutilgan edi, chunki birinchi xonimning ijtimoiy-siyosiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlagan, rag‘batlantirgan Ilhom Aliyev uni asta-sekinlik bilan yangi bir missiyaga, davlat xizmati vazifasiga tayyorladi. Mehribon Aliyeva ma’naviy jihatdan tayyor bo‘lganida, xalqning yuksak ishonchini qozonganida, shu kungacha bo‘lgan barcha faoliyati bilan xalqaro maydonda o‘z ta’sirini so‘zsiz isbotlaganidagina ushbu yuksak lavozimni qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, Ozarbayjon xalqi yetakchisi Haydar Aliyev ham o‘z vorisini tayyorlab, uni eng mas’uliyatli faoliyat sohalaridagi vazifaga tayinladi, mustaqil qarorlar qabul qilishga, davlatning yuzlashgan barcha xavf-xatar, tahlikalarining uddasidan chiqib, ularni bartaraf etishga undardi.

Darhaqiqat, ham davlat mas’uliyatidagi og‘ir yukning yarmini o‘z yelkasiga ortgan prezidentning, hamda birinchi xonimning bu jasoratini ko‘rib, faqatgina hayratlanish mumkin. U davlat uchun hech ham yaxshi bo‘lmagan bir davrda – tuproqlarimizning ishg‘oli hali ham davom etayotgani, kutilmagan postneft davri yangi, favqulodda qarorlar, tashabbuslar va butun davlat mexanizmi chuqur islohotlar qilishni talab etayotgan bir davrda ushbu yuksak lavozimga tayinlandi. Lekin, Mehribon xonimning o‘zi uchun ustuvor bo‘lgan vazifalar aniq belgilangan edi, negaki u bu kabi masalarning yechim topishi jarayonida avvaldan ham ishtirok etardi. Uning so‘zlarga ko‘ra, bular avvalambor, insoniylik tamoyillari, insonlar bilan muloqotda bo‘lmoqlik, ularni tinglay olishlikdir, bularning barchasi xayriya, marhamat va o‘zaro hurmatdir. Mehribon xonim komil ishonch bilan ta’kidlaydiki: «Bu ma’naviy qadriyatlarni dilga joylab, buyuk g‘alabalarga erishmoq va yuksak cho‘qqilarni zabt etmoq mumkin».

2017 yilning 7 mart kunida Mehribon Aliyeva hamkasblari bilan xayrlashish va deputat sifatida amalga oshirilgan ishlarning hisobotini berish uchun Milliy Majlisga keladi. Uning qisqa bir nutqi, Milliy Majlis a’zolari bilan xayrlashishi (tabiiyki, ramziy ma’noda) darhaqiqat, «haqiqatlar oni»ga aylandi. Bizlar Mehribon xonimning o‘zi e’tirof etib aytganidek, 12 yil mobaynida u uchun «katta hayot maktabi»ga aylanib ulgurgan qonun chiqaruvchi organga dilidagi hurmatining ifodasi bo‘lgan nutqining samimiyligini yuksak baholadik.

Biz birinchi vise-prezident va uning hamkasblari tomonidan hamisha qo‘llab-quvvatlangan, parlamentning yalpi majlislarida tasdiqlangan qonunchilik tashabbuslarini birinchi xonim bilan birgalikda xotirladik: 40 mingga yaqin insonning ozodlikka chiqarilgani, 4 ta Amnistiya akti, sog‘liqni saqlash sohasida taqdim qilgan qonun loyihalari, Xazar tumanining deputati etib saylanganida olib borgan obodlik ishlarining ko‘lami… Mehribon Aliyevaning aytganiga ko‘ra, uning deputat sifatida qo‘lga kiritgan bu tajribalari haqiqatan ham so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydigan bir jarayondir va bu tajribalar «Ozarbayjon mustaqilligining himoya qilinishi, davlatimizning har tomonlama yuksalishi yo‘lida» kelgusidagi faoliyati davomida unga katta dastak bo‘lajakdir.

Uki, kimgadir ortig‘i bilan berilgay

…Mehribon Aliyevaning mamlakatda ikkinchi muhim vazifaga tayinlanishi Ozarbayjon ayollari tomonidan sevinch va ilhom bilan qarshi olindi. Bu hodisa ayollarimizning qadr-qimmatini oshirdi, Ozarbayjonda ayollarning yuksak davlat vazifalariga ko‘tarilishi uchun bir turtki bo‘la oldi. O‘shal hayajonli kunlarda maqolalarimning birida shunday deya yozgandim:

U bir qo‘liga muqaddas «Qur’oni-Karim» kitobini oldi, bir qo‘li bilan esa iztirobli devorlarga tegdi va uning go‘zal ko‘zlarida baxtiyorlik ko‘z yoshlari (yana bu tarixiy kunlarda!) jilolandi.

«Biz qaytdik, aziz Shusha! Biz qaytdik, biz bu yerga abadiy qaytdik».

Haqiqatan ham, faqat kuchli xarakterlargina ezgulikka xizmat qilishning o‘zlari uchun eng qiyin yo‘lini tanlagaylar. Bu yo‘l esa ma’badga olib borishga qodirdir.

Kiritildi: 17:15 08.08.2024. O'qildi: 1099 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!