Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Uitkoff AQSh Eron bilan muzokaralarda murosaga tayyorligini bildirdi

Uitkoff AQSh Eron bilan muzokaralarda murosaga tayyorligini bildirdi

Donald Trampning maxsus vakili Uitkoff AQSh Eron bilan muzokaralarda murosaga tayyorligini bildirdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Shu bilan birga, Stiv Uitkoff Tramp ma’muriyatining Tehron bilan munosabatlardagi “qizil chizig‘i” — bu mamlakatning yadroviy qurol yaratishiga yo‘l qo‘ymaslik ekanini ta’kidladi.

WSJ'ning qayd etishicha, amerikalik amaldorning bayonoti muhim muzokaralar oldidan Eron bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishga bo‘lgan ehtimoliy urinish bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 17:57 12.04.2025. O'qildi: 959 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!