Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

UFC sobiq jangchisi 6 oyga qamaldi

UFC sobiq jangchisi 6 oyga qamaldi

34 yoshli amerikalik aralash jang san’ati vakili Arizona shtatidagi tuman qamoqxonasida olti oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda "MMA Fighting" nashri xabar bermoqda.

Hodisaga 22 iyulga o‘tar kechasi Finiks shahrida yuz bergan. Jabrlangan ayolning so‘zlariga ko‘ra, Kenni uni 13 soat davomida urgan, tishlagan, bo‘g‘gan va chiqib ketishga ruxsat bermagan. U, shuningdek, ayolni qo‘rqitib, agar kimdir unga yordamga kelsa, ularni o‘ldirishini aytgan. Shundan so‘ng, polisiya oilaviy zo‘ravonlik haqida xabar olgach, voqea joyiga yetib kelib, barchasini bartaraf etgan.

Sud qaroriga ko‘ra, Keysi Kenni 6 oy qamoq, 3 yil sinov muddatida bo‘ladi. Unga spirtli ichimliklardan butunlay voz kechish, jabrdiydadan uzoqda yurish va giyohvandlik hamda oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha maxsus davolanish kursini o‘tashi sharti belgilandi.

Kiritildi: 17:54 07.11.2025. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!