Irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga nomzodini qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
"Men Irlandiyaning amaldagi hukumati siyosatiga qarshilik ko‘rsatishga tayyorman, chunki boshqa hech bir nomzod buni qilolmaydi", — deya ta’kidladi Makgregor.
Makgregorning saylovoldi kampaniyasidagi asosiy mavzulardan biri Yevropa Ittifoqining migrasiya paktiga qarshi chiqish bo‘ladi. Ushbu pakt Yevroittifoq davlatlarini har yili muhojirlar kvotasini qabul qilishga yoki ularni YEIga a’zo boshqa davlatlarda joylashtirishni moliyalashtirishga majbur qiladi.
Ma’lumot uchun, Irlandiyada prezidentlik saylovi 2025 yil 11 noyabrda o‘tkazilishi kutilmoqda.