Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

UFC 311: Hamyurtimiz Bogdan Guskov raqibini ikkinchi raundda mag‘lub etdi

UFC 311: Hamyurtimiz Bogdan Guskov raqibini ikkinchi raundda mag‘lub etdi

MMA ustasi Bogdan Guskov UFC 311 turnirida jangini amerikalik 29 yoshli Billi Elekanga qarshi o‘tkazdi.

Bahsning ikkinchi raundida Bogdanning bo‘g‘ish usuli tufayli Elekana jangni davom ettira olmadi. Bogdan ilk raundning oxirida ham raqibini bo‘g‘ish usuliga tushirgandi.

Toshkent viloyatida tug‘ilgan 32 yoshli Bogdan Guskov professional faoliyatidagi 20-jangida o‘zining 17-g‘alabasini nishonladi.

Eslatib o‘tamiz, Bogdan Guskov UFC Vegas 91 turnirida amerikalik Rayan Spenni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgandi.

Billi esa MMA'da 8 g‘alaba (4 tasi nokaut), 1 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. Elekan bundan avvalgi jangini 2024 yilning iyul oyida Lights Out Xtreme Fighting turniri doirasida Jurill Simmonsga qarshi o‘tkazib, raqibini birinchi raundning o‘zida texnik nokautga uchratgandi.

Kiritildi: 11:37 19.01.2025. O'qildi: 881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!