Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘FAda yig‘ilish: Jamoliddin Rahmatullayev O‘zbekiston U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

O‘FAda yig‘ilish: Jamoliddin Rahmatullayev O‘zbekiston U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi murabbiylar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatiga tayyorgarlik rejalari hamda O‘zbekiston U-18 terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlash masalasi muhokama qilindi.

O‘FAda yig‘ilish: Jamoliddin Rahmatullayev O‘zbekiston U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Yig‘ilish davomida, O‘zbekiston U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi Askar Xalmuratov boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan jamoa olib borgan yig‘inlari, seleksiya, tibbiy, ruhiy va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

O‘z navbatida murabbiylar kengashi a’zolarining O‘zbekiston U-18 terma jamoasining xalqaro turnirlar va o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi ishtiroki yuzasidan tahlil hamda xulosalari tinglandi, tajriba va xatolar ustida ishlash murabbiylarning kelajakdagi faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

O‘FAda yig‘ilish: Jamoliddin Rahmatullayev O‘zbekiston U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Kun tartibidan jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlash masalasi ham o‘rin oldi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 2027-yilgi U-20 Osiyo kubogi hamda FIFA U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarligi reja asosida davom etadi. Tavsiyalar va muhokamalar yakuniga ko‘ra Jamoliddin Rahmatullayev O‘zbekiston U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

O‘FAda yig‘ilish: Jamoliddin Rahmatullayev O‘zbekiston U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Shuningdek, yig‘ilishda terma jamoalarga futbolchilarni seleksiya qilish, jismoniy, texnik va taktik ko‘rsatkichlar bo‘yicha tavsiyalar berilib, jamoalarimiz uchun zarur sharoitlar yaratilishi ta’kidlandi.

Kiritildi: 23:45 01.07.2025. O'qildi: 379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!