Bugun 14 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘FA O‘zbekiston – BAA o‘yini oldidan qalbaki chiptalardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

O‘FA O‘zbekiston – BAA o‘yini oldidan qalbaki chiptalardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

15 oktyabr kuni Jahon chempionati saralash turniri doirasida O‘zbekiston va BAA terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

Ushbu uchrashuvga qiziqish yuqoriligi sababli O‘zbekiston futbol assosiasiyasi muxlislarni chiptalarni noqonuniy olib sotish hamda soxtalashtirish holatlaridan ogohlantirdi.

Bu haqda O‘FA axborot xizmati xabar berdi.

«Ushbu uchrashuvga qiziqish yuqori bo‘lmoqda. Shu o‘rinda chiptalarni noqonuniy olib sotish hamda soxtalashtirish holatlari uchrayotgani haqida ogohlantiramiz! Aynan mana shu holatlar sabablar avvalgi o‘yinga ko‘plab insonlar qalbaki chiptalar olgan holda stadionga kira olishmadi. Bunday nopok ishga qo‘l urganlarga qat’iy chora ko‘rilishini ma’lum qilamiz.

Futbol muxlislarini chayqovchilar qo‘lidan chipta olmaslikka chaqiramiz. Qalbaki chiptalar bilan stadionga kiritilmasligi haqida ogohlantiramiz!», - deyiladi O‘FA matbuot xizmati xabarida.

Tashkilot qalbaki chiptalardan ogohlantirgan bo‘lsa-da, o‘yin uchun chiqarilgan chiptalarni qayerdan xarid qilish mumkinligi haqida ma’lumot bermagan.

Kiritildi: 21:58 13.10.2024. O'qildi: 333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!