Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘FA taklifi bilan «Navbahor» — «Paxtakor» o‘yini sanasi o‘zgardi

O‘FA taklifi bilan «Navbahor» — «Paxtakor» o‘yini sanasi o‘zgardi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida 11 noyabr kuni Qatarga jo‘nab ketadi. Jamoamizni 14 noyabr kuni Qatar bilan, 19 noyabrda esa KXDR bilan rasmiy uchrashuvlar kutib turibdi.

«Paxtakor» va «Nasaf» klublari Superligadan tashqari Chempionlar ligasida ham ishtirok etmoqda. Ularning xalqaro o‘yinlaridan kelib chiqib, Liga Superliga 24-turidan o‘rin olgan «Nasaf» — «So‘g‘diyona» hamda «Navbahor» — «Paxtakor» bellashuvlarini 10 noyabrga tayin qilgandi. Milliy terma jamoa Qatarga ertaroq uchishni o‘z rejasiga kiritgani uchun O‘FA Superliganing mazkur o‘yinlarini 9 noyabr kuni o‘tkazish taklifi bilan chiqdi.

Mazkur taklifga 5 noyabr sanasida «Ar-Rayyan» klubini qabul qilayotgan «Paxtakor» rozilik berdi. 6 noyabr kuni Qarshida «Al-Husayn» jamoasini qabul qiladigan «Nasaf» esa har ikki uchrashuv orasidagi farq juda qisqa ekani sababli Superliga bellashuvini 10 noyabr kunida qoldirishni maqsadga muvofiq deb hisobladi.

Namangandagi markaziy o‘yin 9 noyabr kuniga o‘zgartirilganidan kelib chiqib, endilikda "Andijon" — "Qizilqum" bellashuvi 10 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:42 23.10.2024. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!