O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida 5 iyun kuni Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur uchrashuvga qiziqish yuqori bo‘lib, ayrim turistik kompaniyalar tomonidan muxlislar uchun o‘yin chiptalari kafolatlangan tur paketlar taklif etilayotgani kuzatilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlaymizki, ayni paytda BAAda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv chiptalari rasman sotuvga chiqmagan. Futbol muxlislaridan “o‘yin chiptasi kafolatlangan” paketlarni xarid qilishda ogohlikka chaqiramiz.
Eslatib o‘tamiz, BAA — O‘zbekiston uchrashuvi 5 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Abu Dabidagi “An-Nahyan Stadium”da bo‘lib o‘tadi.