Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

UYEFA Rossiya va Bokuni Yevro-2020 o‘yinlarini o‘tkazish huquqidan mahrum qilishi mumkin

UYEFA Rossiya va Bokuni Yevro-2020 o‘yinlarini o‘tkazish huquqidan mahrum qilishi mumkin

2020 yilgi Yevropa chempionati formati o‘zgartirilishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, UYEFA koronavirus pandemiyasi tufayli qit’a chempionatiga mezbonlik qiladigan shaharlar ro‘yxatini qisqartirish haqida o‘ylamoqda. Eng yomon holatda musobaqa bir mamlakatda 4 stadiondan foydalangan holda o‘tkaziladi. Bu pandemiya davrida ortiqcha parvozlarni kamaytirish maqsadida amalga oshirilishi mumkin. 

Xabar qilinishicha, Armaniston bilan to‘qnashuvda bo‘lgan Boku, shuningdek, Sankt-Peterburg UYEFA tomonidan ro‘yxatdan chiqarishga asosiy da’vogarlar bo‘lib turibdi.

Avvalroq Yevro-2020 koronavirus tufayli 2021 yilga qoldirilgandi. Turnir Yevropaning 12 shahrida o‘tkazilishi reja qilingan edi: Sankt-Peterburg, London, Myunxen, Boku, Rim, Buxarest, Kopenhagen, Amsterdam, Bilbao, Glazgo, Budapesht va Dublin.

Kiritildi: 19:29 16.10.2020. O'qildi: 2814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!