UEFAning kelasi mavsumda yevrokuboklardan tushgan daromadi 4 milliard yevrodan oshadi.
UEFA 2025/26 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Konferensiyalar ligasi va UEFA Superkubogidan tushgan daromadni 4,4 milliard yevroga baholamoqda, bu o‘tgan mavsumdagi bilan bir xil.
Musobaqalar uchun tashkiliy va ma’muriy xarajatlar 387 million yevroga baholanmoqda.
Evrokuboklar saralashidan klublarga xarajatlar va to‘lovlar, saralashdan o‘ta olmagan jamoalar, ayollar va yoshlar terma jamoalari uchun to‘lovlar chegirib tashlangandan so‘ng sof daromad 3,548 milliard yevroni tashkil qiladi. Ularning 231 millioni (6,5 foizi) UEFA tomonidan Yevropa futboli uchun ajratiladi, qolgan 3,317 milliardi esa yevrokuboklarning asosiy bosqichida ishtirok etuvchi klublar o‘rtasida taqsimlanadi.
3,317 milliard yevroning 2,437 milliardi Chempionlar ligasi va Superkubogi ishtirokchilariga, 565 millioni Yevropa ligasi jamoalariga, 285 millioni esa Konferensiyalaar ligasi klublariga beriladi.