Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

UEFA Janni Infantino tashkilotda ishlagan vaqtda uning ma’shuqasi o‘qishi uchun katta miqdorda pul to‘lagan — The Telegraph

UEFA Janni Infantino tashkilotda ishlagan vaqtda uning ma’shuqasi o‘qishi uchun katta miqdorda pul to‘lagan — The Telegraph


Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, FIFA'ning amaldagi prezidenti Janni Infantinoning ma’shuqasi ekani taxmin qilinayotgan ayol, u UEFA bosh kotibi lavozimida ishlagan paytda, ushbu tashkilotdan yirik miqdordagi mablag‘ni ajratgan. Qayd etilishicha, to‘lovlar ishdan bo‘shash nafaqasi sifatida rasmiylashtirilgan. Gazeta ayolning ismini oshkor qilmagan.

"Ayol Infantinoning qo‘l ostidagi xodimi bo‘lgan. Ularning munosabatlari davrida Infantino ayolni mansab pillapoyalaridan ko‘tarib kelgan va maoshini qariyb uchdan bir qismga oshirgan. Boshqa narsalar qatori, Infantino UEFA tomonidan qizning biznes-maktabdagi qiymati taxminan 52 ming yevro bo‘lgan o‘qish puli to‘lab berilishiga erishgan. Qiz ishdan bo‘shaganida esa, Infantino o‘z aloqalaridan foydalanib, uni shu sohadagi yaxshi lavozimga joylashtirgan", deyiladi maqolada.

UEFA ishdan bo‘shash nafaqasi ham, o‘qish uchun to‘lov ham ajratilganini tasdiqladi. Shuningdek, tashkilot rasmiylari ayol va Infantino o‘rtasidagi yaqin munosabatlar haqidagi mish-mishlardan xabardor ekanliklarini qo‘shimcha qilishdi.

FIFA'ni amaldagi prezidentining o‘zi bu ayblovlarni rad etmoqda. Infantinoning vakili The Telegraph'ga bergan intervyusida bunday xabarlar tuhmat ekanligini va Infantinoning xatti-harakati ustidan birorta ham shikoyat tushmaganini aytdi.

Janni Infantino 2000 — 2016 yillarda UEFA'da turli lavozimlarda ishlagan. Shundan so‘ng, u FIFA'ga rahbar etib saylangan.

Kiritildi: 21:55 09.08.2026. O'qildi: 400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!