UYEFA 23 sentyabr, seshanba kuniyoq Isroil klublari va milliy jamoalarini Yevropa musobaqalaridan chetlatishni rejalashtirmoqda.
Bunday vaziyatda mamlakat terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatining Yevropa saralash bosqichida, Tel-Avivning "Makkabi" klubi esa Yevropa Ligasida ishtirokini to‘xtatishga majbur bo‘ladi.
Israel Hayom gazetasi xabar berishicha, Isroil 23-sanada bo‘lib o‘tadigan majlisda masalani ovozga qo‘yilishining oldini olishga urinmoqda, chunki federasiyalarning aksariyati unga qarshi kayfiyatda.