Bugun 3 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

UYEFA Isroil klubini Yevropa ligasidan chetlatadi

UYEFA Isroil klubini Yevropa ligasidan chetlatadi

Agar Isroil UYEFAdan chetlatilsa, Tel-Avivning «Makkabi» klubi o‘rniga Yevropa ligasida Kiyevning «Dinamo»si ishtirok etishi mumkin, deb xabar bermoqda "The Guardian" nashri.

«UYEFA tayyorlayotgan va shu haftada ijroiya qo‘mitasiga ovoz berish uchun kiritilishi kutilgan rejalarga ko‘ra, Isroil faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri UYEFA tomonidan o‘tkaziladigan turnirlardan chetlatiladi. Bu degani, Isroilning erkaklar va ayollar terma jamoalari Millatlar ligasida qatnashmaydi, Tel-Avivning «Makkabi» klubi esa bu mavsum Yevropa ligasidan chiqarib yuboriladi.

«Makkabi» payshanba kuni Yevropa ligasi 2-turida Zagrebning «Dinamo»siga qarshi o‘ynashi kerak. Ushbu uchrashuvning bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, ammo bu klub uchun turnirdagi so‘nggi o‘yin bo‘lishi mumkin. O‘rniga boshqa jamoa izlanadi, eng ehtimoliy nomzod — saralashda isroilliklarga yutqazgan Kiyevning «Dinamo»si. Biroq bu qaror Konferensiyalar ligasida ham o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin», — deb yozadi manba.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UYEFA ijroiya qo‘mitasi a’zolarining aksariyati Isroilni chetlatish tarafdori ekani xabar qilingan edi.

Kiritildi: 09:25 02.10.2025. O'qildi: 481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!