Rejissyor Robert Rodriges “Uddaburon bolalar” (“Spy kids”) filmining davomini suratga olishini e’lon qildi, deya xabar berdi kinotoday.ru.
Robert Rodriges mazkur filmning ham rejissyori, ham prodyuseri. Yangi filmda bosh rollar uchun mutlaqo yangi aktyorlar izlanmoqda.
Ma’lumot uchun, “Uddaburon bolalar” filmining avvalgi qismida Karmen va Juni Kortezlar haqida hikoya qilingan.
Filmda bolalar ota-onalarining maxsus agent ekanligi haqida bilib qolishadi va shundan so‘ng, ularni iziga tushishadi.
Kinokartinaning ushbu variantida asosiy rollarni Alexa Vega, Daryl Sabara, Antonio Banderas, Karla Gugino va Denni Trexo ijro etgan.