Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Uchtepada qalbaki payvandlash elektrodlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

A A A
Uchtepada qalbaki payvandlash elektrodlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashirin sex fosh etildi.

Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, S.N. va boshqalar “M.A.” MCHJ tomonidan ishlab chiqariladigan “Arsenal” nomli payvandlash elektrodlarining qalbaki nusxasini tayyorlash bilan shug‘ullangan. Ular 66 quti qalbaki mahsulotni fuqaro N.S.ga sotish vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tadbir davomida yashirin sexdan umumiy bahosi 855 mln so‘mlik 17 turdagi 36 760 quti elektrod, qalbaki shtrix kod markirovkalar va ishlab chiqarishda foydalanilgan turli tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:41 03.10.2025. O'qildi: 965 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!