27 dekabr kuni bir nechta davlat banklarini xususiylashtirishning so‘nggi muddatlarini uzaytirishni nazarda tutuvchi farmon imzolandi.
«Asakabank», «O‘zsanoatqurilishbank» (SQB) va «Aloqabank»dagi davlat ulushlarini sotish muddatlari 2025 yilga ko‘chirildi. Prezidentning 2020−2025 yillarda bank tizimini isloh qilish strategiyasi bo‘yicha farmoniga buni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.
Mamlakatdagi ikkinchi yirik bank hisoblangan «O‘zsanoatqurilishbank»dagi barcha davlat ulushini 2022 yil oxirigacha, keyinchalik esa 2023 yil oxirigacha savdoga chiqarish rejalashtirilgandi. Shundan so‘ng 2024 yil oxirigacha xususiylashtirish orqali bankdagi davlat ulushini 50 foizdan kamaytirishga qaror qilindi, ammo bu amalga oshmadi.