DXX o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan bir nechta shaxsni qo‘lga oldi.
Qo‘qon shahridagi banklardan birining mutaxassisi o‘zganing ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari yordamida, uning o‘g‘lini Qo‘qon davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. U ushbu pul mablag‘ini mazkur oliy ta’lim muassasasida dekan lavozimida ishlovchi shaxsga berishi kerakligi aniqlandi va u ham pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Farg‘ona shahridagi xususiy universitet direktorining o‘rinbosari fuqaroni Qirg‘iz Respublikasi O‘sh davlat pedagogika universitetidagi o‘qishini Chirchiq davlat pedagogika institutiga ko‘chirib berish evaziga 2,5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Urganch tumanida yashovchi, shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari yordamida uni Urganch davlat universitetining Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3,5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi